logo
Loading

Ishlar boshqarmasi boshlig'i

Ulashov To‘lqin Absamadovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha
  •  Telefon: 
  •  Elektron pochta: 

Mehnat faoliyati

 

1992-1993 yy. - Samarqand shahar Bog‘ishamol tuman xalq ta’limi bo‘limi hisobxonasi hisobchisi

1993-1994 yy. - Samarqand shahar 5 son tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi  

1994-2005 yy. - Samarqand shahar 4 son tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi

2005-2013 yy. - Samarqand shahar 1 son shahar  shifoxonasi bosh hisobchisi  

2013-2014 yy. - Samarqand shahar 10 son oilaviy poliklinikasi bosh hisobchisi

2014-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Samarqand shahar va Samarqand tumani bo‘yicha hisobchi-taftishchisi 

2017-2017 yy. - Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimligi moliya bo‘limi budjet ijrosi va hisobi sho‘basi hisobchisi

2017-2019 yy. - Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari

2019-2022 yy. - Xalq ta’limi vazirligi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati boshqarmasi Samarqand viloyati hududiy nazorat xizmati bosh mutaxassisi

2022-2023 yy. - Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi

2023-2023 yy. - “Samarqandyo‘lko‘kalam” unitar korxonasida bosh hisobchi   

2023-2023 yy. - Sharof Rashidov nomidagi  Samarqand davlat universitetining Urgut filiali bosh auditori

2023 - h.v.       - Sharof Rashidov nomidagi  Samarqand davlat universitetining Urgut filiali ishlar boshqarmasi boshlig‘i

 

Lavozim vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, SamDU Urgut filiali Kengashi qarorlarini, SamDU Urgut filiali direktorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ishlar boshqarmasi to‘g‘risida Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ma’muriy-xo‘jalik boshqarmasi to‘g‘risida Nizomlarga asosan faoliyatini tashkil etish;

SamDU Urgut filiali tuzilmasi bo‘yicha ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysinuvchi bo‘limlar

faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

SamDU Urgut filialida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari yordamida o‘tilishini tashkil etish hamda bino- inshootlar, o‘quv xonalari, auditoriyalar, o‘quv laboratoriyalar va ma’ruza zallarini joriy va kapital ta’mirlash masalalari bo‘yicha direktorga takliflar kiritish va ishlarni tashkil qilish;

SamDU Urgut filialining moddiy qimmatliklar va texnik vositalarga, yoqilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan extiyojlarini aniqlash, tahlil qilish hamda xarid qilish yuzasidan direktorga takliflar kiritish;

SamDU Urgut filialida mehnatni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika va yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

Ishlar boshqaruvchisiga tasarrufidagi bo‘limlar bo‘yicha mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha direktorga takliflar kiritish;

SamDU Urgut filiali moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, SamDU Urgut filiali xududi, bino- inshootlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;

SamDU Urgut filiali xududi, bino-inshootlari va talabalar turar joylarida kommunal xizmat turlarining barqaror ishlashini ta’minlanish;

SamDU Urgut filialining yordamchi xo‘jaliklari va madaniy dam olish maskanlari faoliyatini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish;

SamDU Urgut filiali xo‘jalik faoliyatini barqaror ishlashini ta’minlash, qora, rangli metal, makulatura rejasini bajarilishini ta’minlash;

SamDU Urgut filiali bino-inshootlari, talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish; SamDU Urgut filialining barcha binolari va talabalar turar joylarida texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlarining navbatchilik jadvallarini tuzilishini tashkil qilish va

nazoratni amalga oshirish;

SamDU Urgut filialining xo‘jalik-boshqaruv ishlari bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;

SamDU Urgut filiali direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;

 

So'nggi yangiliklar