logo
Loading

Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i

Abdusalimov Abror Vali o‘g‘li

  •  Qabul vaqti: Har kuni 10:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: 88.614-31-13
  •  Elektron pochta: abrorabdusalimov94@gmail.com

MEHNAT FAOLIYATI

 

2017-2021 yy. – Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti talabasi

2022-2023 yy. – Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani 65-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

2021-2023 yy. – Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

2023 y. h.v. –      Samarqand Davlat universiteti Urgut filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari

  • Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan filialning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish;
  • ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro agentliklar, jamg‘armalar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida filialda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish;
  • Filial talabalarining xalqaro stipendiyalar, grantlar va boshqa o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ogohligini oshirish;
  • ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish va o‘z vaqtida ommaga e’lon qilish;
  • “El-yurt umidi” jamg‘armasi, “Erasmus +”, USAID, KOICA, GIZ, DAAD dasturlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ajratiladigan moliyaviy ko‘mak va boshqa xizmatlardan maksimal darajada samarali foydalanishni ta’minlash;
  • Filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
  • Filialning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
  • Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish;
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga filial professor-o‘qituvchilari, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
  • E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va filial kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish;
  • Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetlarga yetkazish. Filialda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, filial veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzgan memorandum va shartnomalari

RO‘YXATI

Mamlakat Xorijiy hamkor Imzolangan sana

Veb-sayt

1

BUYUK BRITANIYA

 

   Norvich tillarni o‘qitish instituti

  2023-yil 13-dekabr

  https://www.nile-elt.com

2

ITALIYA

    Kamerino universiteti

  2024-yil 18-mart

 https://www.unicam.it

3

MALAYZIYA

    Osiyo-Tinch okeani universiteti

  2024-yil 4-mart

  https://www.apu.edu.my 

4

QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI

   Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti

  2023-yil 8-dekabr

  https://kumu.kg

5

 

ROSSIYA FEDERATSIYASI

 

  L.N.Tolstoy nomidagi Tula davlat pedagogika  universiteti

 

2023-yil 20-sentyabr

 

https://www.tulasu.com

6

 

ROSSIYA FEDERATSIYASI

 

   Altay davlat universiteti

 

2024-yil 8-aprel

 

https://www.asu.ru

 

So'nggi yangiliklar