logo
Loading

Fakultet dekani

Badalov O‘tkir Badal og‘li

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha
  •  Telefon: +998937277258
  •  Elektron pochta: badalov-79@list.ru

MEHNAT FAOLIYATI

  • 1997-2001 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 2001-2003 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
  • 2003 -2015 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi assistenti
  • 2015-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya kafedrasi assistenti
  • 2018- 2022 yy. - Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi assistenti
  • 2022-y. - h.v.- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani

FAKULTET DEKANI LAVOZIM VAZIFALARI:

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
  • Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqdashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqdashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informasion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investisiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.

Bilishi kerak:

Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
  • Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

FAKULTET TUZILMASI

Kafedralar

  • Pedagogika va jismoniy madaniyat  kafedrasi
  • Tillarni o’qitish metodikasi 

Yo'nalishlar

  • Maktabgacha ta’lim
    Boshlang’ich ta’lim
    O’zbek tili va adabiyoti 
    O’zbek tili guruhlarida rus tili 
    Xorijiy til va adabiyoti

So'nggi yangiliklar