logo
Loading

Xakimov Shoxjaxon Botir o‘g‘li

  •  Qabul vaqti: Har kuni 10:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 99 594-07-10
  •  Elektron pochta: samduuf@edu.uz

                                                       MEHNAT FAOLIYATI

2017-2021 yy - Samarqand veterenariya meditsinasi instituti talabasi

2021-2023 yy - Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Urgut tuman bo'limi yetakchi  mutaxassisi

2023-y h/v   -    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat  universitetining Urgut filali devonxona mudiri

 

Lavozim vazifalari

Devonxona oliy o‘quv yurtining mustaqil faoliyat yurituvchi bo‘limi hisoblanib, filial nizomi hamda mazkur nizomga asosan ish yuritadi va bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, filial rahbariyati ko‘rsatmalari hamda ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomaga asosan o‘z faoliyatini olib boradi.

Devonxonada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va ish hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan ishlar hamda vazifalar bo‘yicha javobgar shaxslar tayinlanadi. Devonxona xodimlari vazifalariga quyidagilar kiradi:

Filialdan jo‘natiladigan va filialga kelib tushadigan hujjatlarni qayd etish, ijro, farmoyish, moliya ishlari va xizmat safarlari bilan bog‘liq buyruqlarning loyihalarini tayyorlash, loyihalar va buyruqlar asosini rasmiylashtirish, buyruq nusxalarini tegishli fakultetlar, bo‘limlar, kafedralar, mutasaddi shaxslarga tarqatish, xizmat safari bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish, universitetdan hujjatlar jo‘natish uchun konvertlar, pochta markalarining hisob-kitobini olib borish, universitet xos qog‘ozi (blank) berilishini tegishli tarzda qayd etib borish, buyruq loyihalarini kompyuterlarga kiritish, kompyuter va nusxa ko‘paytirish mashinalarida hujjatlarni ko‘paytirish, buyruqlar asosi bilan bog‘liq hujjatlar va buyruqlarning asl nusxalarini arxivga topshirilgunicha saqlash, arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni amaldagi talablar asosida topshirishga tayyorlash va boshqalar.

So'nggi yangiliklar