logo
Loading

Axborot xizmati rahbari

Nuraliyev G'olibjon Qurbonboyevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998978885877
  •  Elektron pochta: 

Biografiya

  • 2009-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi
  • 2014-2016 yy. - Samarqand viloyat Urgut tumanidagi 50 umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fan o‘qituvchisi
  • 2014-2016 yy. - Urgut Tadbirkorlik kasb-hunar kollejida ona tili va adabiyot fan o‘qituvchisi
  • 2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti magistratura talabasi
  • 2017-2020 yy. - Urgut tuman 145 umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fan o‘qituvchisi
  • 2020 y. - h.v.  -  Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
  • 2021-2022 yy. - Samarqand davlat arxitektura qurilish insitituti o‘qituvchisi
  • 2022 y. -  h.v.  - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti  Urgut filiali matbuot kotibi

Axborot xizmati rahbarining vazifalari

1- bob. Umumiy qoidalar.
  •   Matbuot kotibi o‘z faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati organlarlari ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga O‘zbekiston   Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
  •   Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, institutning tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
  2-bob. Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funksiyalari
  •   Quyidagilar matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
  •   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institut rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  •   Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
  • keng jamoatchilikni institutning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
  •   Ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  •   Filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
  •   Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan,Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
  •   Filialning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  •   Idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut direktoriga axborot berish;
  •   Filialning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
  •   Matbuot kotibi yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  •   OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
  •   Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, filialning rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;
  •   OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
  •   Oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni institutning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;
  •   Filialning veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;
  •   Teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
  •   Filial faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
  •   Filialning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.
  •   Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning filial faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
  3-bob. Matbuot kotibining huquqlari va javobgarligi
  •   Matbuot kotibi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
  •   Matbuot kotibining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni institutning boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
  •   Filialning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
  •   Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun institutning rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;
  •   Boshqa OTMlarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;
  •   Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha filial nomidan vakillik qilish;
  •   O‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;
  •   Filialning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
  •   Matbuot kotibi:
  •   O‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
  •   Filial faoliyatining milliy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.

So'nggi yangiliklar