logo
Loading

Bo’lim boshlig’i

MUSTAFOYEV AMIR SHOMIRZO O‘G‘LI

  •  Qabul vaqti: Har kuni 9:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998901018258
  •  Elektron pochta: kadrlar@samdu.uz

MEHNAT FAOLIYATI

 

2015-2019 yy. -  Samarqand davlat universiteti talabasi

2019-2021 yy. -  Samarqand davlat universiteti xodimlar bo‘limi inspektori

2021-2022 yy. -  Samarqand davlat universiteti xodimlar bo‘limi muhandisi

2022-2023 yy. -  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali xodimlar  bo‘limi   inspektori

2023 y. -  h.v.  -  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali xodimlar  bo‘limi   boshlig‘i

 
Lavozim vazifalari

 

  • Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Oliy o‘quv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
  • Kafedra va institutning boshka bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
  • Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
  • Institutning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
  • Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
  • Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning  tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvohnoma blankalarini hisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
  • Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning hisobga olish bo‘yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqchalarini tasdiqdan o‘tqazish, rasmiylashtirish, institut barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
  • Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;
  • Bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:                  
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy hokimyat organlarining Qarorlarini hamda nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institut ichki tartib-qoidalarini  bilishi.
Malaka talablari:
  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

So'nggi yangiliklar