logo
Loading

Tyutorlik faoliyati

Tyutorlar vazifasi


Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiya sohasida:
  • Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
  • Qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasasiga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish, ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash, oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish;
  • “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etish, ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), ta’lim muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa lokal hujjatlar bilan o‘ziga biriktirilgan talabalarni tanishtirish, psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish;
  • Talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish, yuksak axloqiy fazilatlarni targ`ib va tashviq etish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qonunchiligimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
  • Talabalarning qonuniy manfaatini himoya qilish, ularga yaratilayotgan sharoitlar va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yetkazish, ularning o‘qishi, ilm-fan bilan shug`ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralarni ko‘rib borish;
  • Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga talabalarni jalb qilish va ularning ushbu to‘garaklardagi faol ishtirokini amalda ta’minlash, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda tanlov va sport to‘garaklariga jalb etish orqali sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish;
  • Nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo‘lgan va kam ta’minlangan talabalarga alohida g`amxo‘rlik qilish va ularga tegishli tartibda ijtimoiy, ma’naviy va psixologik yordam berish choralarini ko‘rish, talabalarda o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish, ularning ta’lim muassasasi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash;
  • O‘zlashtirish ko‘rsatgichi past hamda tarbiyasi og`ir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga taklif kiritish;
  • Muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish, talabalarning muammolarini bartaraf etishda bayonnomalarni shakllantirib, amaliy yordam ko‘rsatish, talaba tomonidan odob-axloq qoidalari va boshqa qoidalar buzilganda unga nisbatan chora ko‘rish to‘g`risida ta’lim muassasasi va fakultet rahbariyatiga taklif kiritish;
  • Talabaning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yorituvchi yig`ma jild hamda “Ma’naviyat soatlari” darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.
O‘quv va o‘quv-uslubiy sohada:
  • Talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish;
  • Talabalar tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg`ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
  • Talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;
  • Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘z ustida mustaqil ishlashini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, o‘zlashtirishi past talabaga yordamlashib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabani unga biriktirishi, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.
Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida:
  • Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish;
  • Talabalarni innovatsion startaplarga jalb etish va ularning ijodiy faolliklarini yo‘naltirish;
  • Talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarini uyushtirish;
  • Talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga ko‘mak berish va rag`batlantirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan rag`batlantirilishini tashkil etish;
  • Iste’dodli talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam ko‘rsatish;
  • Talabalarni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlarida ularga yaqindan yordam berish.
Tyutorlar quyidagi huquqlarga ega:
  • O‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini, talaba davomati va dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish;
  • TTJga joylashishlari uchun talabalarga e’lon berish va ular tomonidan tegishli hujjatlarni yig`ib taqdim etish hamda tashkil etiladigan komissiya yig`ilishida talabalarning ishtirokini ta’minlash;
  • Talabaning talabalar turar joyidan chiqarilishiga rozilik berish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv-tarbiyaviy sohalardagi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash;
  • Madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini o‘tkazishda dekanat, rektorat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, talabaga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal etishda ishtirok etish, talaba haqidagi fakultetda mavjud ma’lumotlardan to‘la foydalanish;
  • Talabaning darslariga qatnashishi, o‘zlashtirish va ijtimoiy hayotidagi roliga oid takliflarni fakultet dekanatiga kiritish, talabaning rag`batlantirilishi yoki jazolanishi va maxsus stipendiyalarga loyiqligi bo‘yicha xulosa berish, yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan birgalikda talaba bilimini odilona baholashni nazorat qilish;
  • Tyutor qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  • Tyutorlar quyidagi majburiyatlarni bajaradilar:
  • Talabalarning ma’naviy, axloqiy va kasbiy tarbiyasi bilan muntazam shug`ullanish;
  • O‘z mahorati, kasbiy tayyorgarligi, nazariy bilim va ish tajribasini doimiy ravishda oshirib borish;
  • Talabalarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
  • Ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabaning obro‘-e’tibori va nufuziga dog` tushirishning oldini olish;
  • Talabalarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish;
  • Talabalarning o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish;
  • Talabalarning o‘zlashtirishi va darslarda ishtirok etishini muntazam nazorat qilib borish hamda tahlil etish;
  • Tyutorlik guruhlaridagi talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish va fakultetga taqdim etish;
  • Talabalar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
  • Tyutorlik guruhidagi talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va o‘z uyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitidan doimiy xabardor bo‘lish;
  • Talabalarning to‘garak va klublarga a’zoligini maksimal darajada ta’minlash va ularning ushbu to‘garaklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish;
  • O‘ziga biriktirilgan akademik guruhlardagi talabalar bilan muntazam (guruhlarda va yakka tartibda) suhbatlar o‘tkazib borish;
  • Talabaning odobi, xulqi va ichki tartib qoidalarga rioya etishi yuzasidan ota-onalar bilan uchrashib, davra suhbatlar tashkil etib hamda tegishli ma’lumotlarni yetkazishi;
  • Talabalar va ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini oliy ta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib, odob-axloq hamda TTJdan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi;
  • Akademik guruhlarda “Ma’naviyat soatlari” va “Soft skills” treninglarini dars jadvali asosida har haftada bir marotaba o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash;
  • Talabalar bilan bog`liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet dekaniga axborot berish;
  • Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam tushuntirish ishlarini olib borish, alkogol, tamaki va psixotrop vositalar iste’mol qilishning zararli oqibatlari xususida doimiy profilaktik ishlarni tashkil etish;
  • Moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fakultet dekaniga taklif kiritish, ta’lim muassasasi hududida talabalarning odob-axloq qoidalari va boshqa ichki hujjatlarda belgilangan talablarga mos ravishda bo‘lishlarini nazorat qilish hamda ushbu hujjatlarni buzgan talabalarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan fakultet dekaniga bildirgi kiritish;
  • Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, oliy ta’lim muassasasi ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda ushbu nizomga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajaradi, tyutorlar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgardir.
  • Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Tyutorlarning malaka talablari:
  • Tyutorlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
  • Pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 3 yildan kam bo‘lmagan (3 yildan ko‘p bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega bo‘lishi;
  • Davlat tilini mukammal bilishi (shuningdek, xorijiy tillar–rus yoki ingliz tilini yaxshi biladigan shaxslarga afzalliklar beriladi);
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga–intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Tytutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi namunaviy nizom


So'nggi yangiliklar