logo
Loading

MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYAT

01.02.2024

        Joriy yilning 01-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan  tadbir o‘tkazildi.

        Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Giyohvandlik”, “Firibgarlik” va “Kiberjinoyatchilik”ka qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirda so‘zga chiqganlar: Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul direktor maslahatchisi – S.Eshonqulov; Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘rayev; Urgut tumani IIB Tergov bo‘limi tergovchisi– M.Ro‘ziqulov; Fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, universitet professor-o‘qituvchilari, fakultet tyutorlari hamda 200 nafar talabalar ishtirok etishdi.

        Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Giyohvandlik”, “Firibgarlik” va “Kiberjinoyatchilik” to‘g‘risida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi va shu kabi salbiy illatlar oqibatlari haqida ogohlantirildi.

 

22.01.2024

 

SamDU Urgut filialida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qayum Sobirov bilan adabiy-ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

         Uchrashuvni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, tadbir mehmonlarini  tanishtirdi va ularga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

         Uchrashuvda yozuvchi Qayum Sobirov badiiy adabiyotning yoshlarni kamol topishida, milliy o'zligimiz, qadimiy an'analarimizni kelajak avlodlarga yetkazishdagi muhim ma'naviy ahamiyati to'g'risida so'z yuritdi. Tadbirda so'z olgan Urgut tumani Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Farmon Azizov, "Jomboy tongi" gezetasi muharriri Isomiddin Po'latov va filial kengashi kotibi, dotsent Akbar Asrorovlar yozuvchi ijodining o'ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi Talabalar o'zlari sevib o'qiydigan "Otamning izlari", "Yolg‘izoyoq yo‘l" va "O‘zlikni izlab" kabi Qayum Sobirov qalamiga mansub asarlar haqida va umuman adabiyot, adabiy dunyoqarash haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga muallifning o'zidan atroflicha javob oldilar.

         Uchrashuv so'ngida Qayum Sobirov yaqinda chop etilgan "Ildiz" nomli asari va boshqa kitoblaridan talabalarga sovg'a qildi. Adabiy-ijodiy uchrashuv qizg'in savol-javoblar asnosida ko'tarinki ruhda o'tdi.

 

20.01.2024

        SamDU Urgut filiali fakultetlaridagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga mas’ullarning faoliyatini baholash maqsadida dekan oʻrinbosarlari hamda fakultetlar tyutorlarining hisoboti tinglandi.

        Hisobotda dekan oʻrinbosarlarining ish faoliyati samaradorligini (KPI) baholash hamda tyutorlarning 2023-2024 oʻquv yilining sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylaridagi ish faoliyatini samarali tashkil etishdagi muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda faoliyatni takomillashtirishga doir hisobotilari tinglandi.

Shuningdek, tyutorlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, talabalar ijara xonadonlari, tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, fan-innovatsiya, 5 muhim tashabbus, individual ta’lim va tarbiya sohalaridagi faoliyati oʻrganildi.

        Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov hamda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulovlar tomonidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

                                      18.01.2024     

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlar” kalendar rejasi 29-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat universiteti Urgut filialida joriy yilning 18-yanvar kuni ayol professor-о‘qituvchilar va  talabalar o‘rtasida filialning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, ochiq osmon ostida “Rassomchilik ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

         Ko‘rgazmada ijodkor talabalar o‘z ijodiy ishlarini ochiq osmon ostida yaratish jarayonlari yig‘ilganlarga qiziqish va yuqori kayfiyat ulashdi.

 

          O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi (https://t.me/samarqand_yi/341) hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali bilan hamkorlikda  “Oliy taʼlimdan umumtaʼlim maktablariga uslubiy ko‘mak karvoni” loyihasi doirasida Urgut tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabida “Bir bolaga-bir kitob” aksiyasi tashkil etildi.

          Aksiya doirasida maktab o‘quvchilari hamda universitet talabalari ishtirokida turli  sport musobaqalari, hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

 

          Joriy yilning 16-yanvar kuni Yoshlar masalalari ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Z.Sh.Yazdonov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul direktor maslahatchisi S.Eshonqulov hamda filialga biriktirilga profilaktika inspektori ishtirokida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

         Tadbir davomida giyohvandlik va giyohvand moddalar, narkotik, psixotrop vositalar haqida ma’lumotlar berib, giyohvand moddalar  ta’siriga tushib qolish omillari, jarayonlari hamda oqibatlari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

So'nggi yangiliklar