logo
Loading

Yangiliklar

Adabiy-ijodiy uchrashuv

Yanvar 22, 2024 / Ko'rildi 507

 SamDU Urgut filialida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qayum Sobirov bilan adabiy-ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi... 

         Uchrashuvni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, tadbir mehmonlarini  tanishtirdi va ularga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. 
         Uchrashuvda yozuvchi Qayum Sobirov badiiy adabiyotning yoshlarni kamol topishida, milliy o'zligimiz, qadimiy an'analarimizni kelajak avlodlarga yetkazishdagi muhim ma'naviy ahamiyati to'g'risida so'z yuritdi. 
Tadbirda so'z olgan Urgut tumani Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Farmon Azizov, "Jomboy tongi" gezetasi muharriri Isomiddin Po'latov va filial kengashi kotibi, dotsent Akbar Asrorovlar yozuvchi ijodining o'ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 
         Talabalar o'zlari sevib o'qiydigan "Otamning izlari", "Yolg‘izoyoq yo‘l" va "O‘zlikni izlab" kabi Qayum Sobirov qalamiga mansub asarlar haqida va umuman adabiyot, adabiy dunyoqarash haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga muallifning o'zidan atroflicha javob oldilar. Uchrashuv so'ngida Qayum Sobirov yaqinda chop etilgan "Ildiz" nomli asari va boshqa kitoblaridan talabalarga sovg'a qildi. Adabiy-ijodiy uchrashuv qizg'in savol-javoblar asnosida ko'tarinki ruhda o'tdi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar