logo
Loading

Yangiliklar

Muhammad Yusuf tavalludi nishonlandi

Aprel 26, 2024 / Ko'rildi 123

      SamDU Urgut filialida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf—el ardog'idagi shoir" nomli tadbir tashkil etildi

    Tadbirni filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rlarini yod olmagan, uning she'rlari asosida kuylangan qo‘shiqlarni ting­lamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida katta-yu kichik o‘z dard-u tashvishi, quvonch-u shodligini his etadi, ko'ngliga yaqin oladi. Xususan, shoir Vatan haqidagi she'rlarida Vatanni bor bo'yicha tasvirlaydi, ulug'laydi, o'qigan kishida Vatanga bo'lgan beg'ubor tuyg'ularni uyg'otadi - deb ta'kidladi. Tadbir davomida talabalar tomonidan shoirning hayot yo'li, asarlari haqida ma'lumotlar berilib, she'rlaridan namunalar aytildi. Ijodkor talabalar tomonidan uning she'rlari asosida qo'shiqlar ijro etildi.

 

 

 

 

 

 

SamDU Urgut filali

Axborot xizmati

 

So'nggi yangiliklar