logo
Loading

Yangiliklar

Direktor va yoshlar uchrashuvi

Dekabr 20, 2023 / Ko'rildi 634

SamDU Urgut filialida "Direktor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi...

Uchrashuvda filial direktori Quvondiq Yarashev, direktor o'rinbosarlari, direktor maslahatchilari, bo'lim boshliqlari, dekanlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvni filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, filialda talabalar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar, shuningdek, endilikda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga direktor va tegishli mas'ul xodimlardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, filial direktori tomonidan har doim talabalarni tashabbuslari va intilishlari qo'llab-quvvatlanishi,  hamda ta’limni sifatli davom ettirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga, albatta, ko‘mak berilishi ma’lum qilindi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar