logo
Loading

Yangiliklar

Ijara xonadonlar o'rganilmoqda

Noyabr 06, 2023 / Ko'rildi 573

SamDU Urgut filiali talabalarining ijara xonadonlari mas'ullar tomonidan tizimli ravishda o'rganilib kelinmoqda...

Bugun tashkil etilgan navbatdagi ijara xonadonlarni o'rganish davomida Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari  Zikrillo Yazdonov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, filiali xotin-qizlar maslahati kengashi raisi Gullola Najmiyeva, proflaktika inspektori, katta leytenant Shaxboz Murodullayev hamda tyutorlar ishtirokida talabalarning ijara xonadonlari bilan yaqindan tanishilib, xonadonlarda yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, "Is gazi"dan zaharlanishning oldini olish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi. Shu bilan bir qatorda xonadon egalari tomonidan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e'tibor qaratilib, odob-axloq qoidalari, gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari to'g'risida tavsiyalar berildi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar