logo
Loading

Yangiliklar

“Innoweek.uz-2023”

Oktyabr 17, 2023 / Ko'rildi 803

SamDU Urgut filialida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o'tkazilayotgan “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi tadbirlari davom etmoqda...

Urgut tumanidagi barcha sanoat korxonalari va davlat tashkilotlari taklif etilgan innovatsion loyihalar ko'rgazmasida SamDU Urgut filiali professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan "Smart mahalla" elektron dasturi, "Aqilli garaj", "Robort qo'l", "Gaz isini sezuvchi dediktor",  "Havoni tozalovchi moslama" va "Harakatlonuvchi quyosh panel" kabi bir qancha innovatsion loyihalar namoyish etilmoqda.
   Shu bilan bir qatorda, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan "BIO AGRO VET yangi ishlab chiqarilgan vaksinalar",  “Narzullo himoya servis” xususiy korxonasi tomonidan "Radarlar, masofadagi to‘siqni sezish uskunasi" va Urgut tuman 1-son kasb-hunar maktabi tomonidan "Ko‘zi ojizlar uchun to‘siqlarni, chuqurliklarni aniqlovchi hassa", "3D printerlarida tayyorlangan ishlanmalar" va "Lazerli stanok yordamida tayyorlangan ishlanmalar" kabi loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

So'nggi yangiliklar