logo
Loading

Yangiliklar

Korrupsiya —taraqqiyot kushandasi

Dekabr 06, 2023 / Ko'rildi 431

SamDU Urgut filialida "Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi" doirasida 9-dekabr—"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Korrupsiya —taraqqiyot kushandasi" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi...

Tadbirda SamDU Urgut filiali rahbariyati, Urgut tuman prokuror o'rinbosari Ravshan Bahriddinov, Urgut tuman DXX xodimlari, filial professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda so'z olganlar tomonidan korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi,  mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi haqida atroflicha ma'lumot berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so'ngida korrupsion harakatlar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini ko'rsatuvchi videolavha namoyish etildi.

SamDU Urgut filali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar