logo
Loading

Yangiliklar

“Ma’naviyat marafoni”

Noyabr 10, 2023 / Ko'rildi 671

⚡️Bugun SamDU Urgut filialida “Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” tadbirlari bo'lib o'tdi... 

Tadbirda SamDU boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Shavkat Mahmatmurodov hamda mazkur universitetning bir qator professor-o'qituvchilari, Urgut tuman IIB xodimlari, shoira Sayyora Saidmurodova hamda filial professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, tadbir mehmonlarini yig'in qatnashchilariga tanishtirdi. Tadbirda so'z olganlar tomonidan bugungi kunda yoshlarda yuksak ma'naviy dunyoqarash shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni artab avaylash va rivojlantirish, kelajak-avlodni vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga alohida e'tibor qaratilayotganligi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar