logo
Loading

Yangiliklar

Metodik yordam

Oktyabr 27, 2023 / Ko'rildi 644

SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev hamda
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova va bir qator mas'ullar Urgut tumanidagi 139, 9, 86, 144-umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyirib, mazkur maktablarning bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdilar. 
       Suhbat davomida Quvondiq Yarashev —Umumiy o'rta ta'lim maktablari yetuk va salohiyatli kadrlarni shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini bajarishini ta'kidladi.  
       Mazkur maktablarda ta'lim berish va ta'lim olish uchun  yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, dars jadvali va o'quv adabiyotlari ko'zdan kechirilib, filial elektron kutubxonasidan o'quvchi va o'qituvchilar foydalanishlari taklif etildi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar