logo
Loading

Yangiliklar

Milliy qadriyatlar kuni

Oktyabr 31, 2023 / Ko'rildi 619

SamDU Urgut filialida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 18-oktyabrdagi 466-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Milliy qadriyatlar kuni”ni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi o‘tkazildi va ushbu sana munosabati bilan "Qizlar bog'i" tashkil etildi...

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 18-oktyabrdagi  466-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Milliy qadriyatlar kuni”ni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat universiteti Urgut filialida talaba-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarimiz, anʼana,        urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni tarixiy tafakkurini oshirish orqali oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida 31-oktyabr “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan fakultetlar jamoalari ishtirok etdilar, tanlov 3 ta shart asosida baholandi va g‘oliblar aniqlandi.

1-shart. Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar – O‘zbek millatiga xos bo‘lgan milliy qadriyatlarimizga mansub qadimgi urf-odatlarga asoslangan teatralni kompozitsiyalar namoyish etildi.

2-shart. “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” - Ishtirok etayotgan jamoaning ma’lum bir hududga mos bir nechta milliy raqs va kuy qo‘shiq, musiqiy bezaklarga ega bo‘lgan kompozitsion jamoaviy sahna chiqishlari namoyish etildi.

3-shart. “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” - Ishtirok etayotgan jamoaning milliy libosda jamoaviy sahna chiqishlari (5 muhim tashabbus doirasida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tikuvchilik to‘garaklarda qilingan ishlar taqdimoti) tadbir ishtirokchilari hamda hakamlarga namoyish etildi.

Bundan tashqari “Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi” hamda “Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi” , “Milliy taom” nominatsiyalari o‘tkazildi, g‘oliblar nizomda belgilangan tartibda pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar