logo
Loading

Yangiliklar

Ota-onalar kongressi

Oktyabr 05, 2023 / Ko'rildi 520

SamDU Urgut filialida "Ota-onalar kongressi" tashkil etildi

   SamDU Urgut filiali birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan tashkil etilgan "Ota-onalar kongressi"ni filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, farzandlari talabalik baxtiga erishganligi bilan ota-onalarni tabrikladi.
"Ota-onalar kongressi"da so'z olgan rahbariyat vakillari va fakultet dekanlari tomonidan o‘quv jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kredit-modul tizimi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Kongress yakunida ota-onalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, ular orasidan "Ota-onalar Kengashi" raisi va a'zolari saylab olindi.

So'nggi yangiliklar