logo
Loading

Yangiliklar

Tengdosh tengdoshga ko'makchi

Noyabr 04, 2023 / Ko'rildi 582

SamDU Urgut filialida Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan "Tengdosh tengdoshga ko'makchi" loyihasi tadbiri bo'lib o'tdi

"Tengdosh tengdoshga ko'makchi" loyihasida Samarqand viloyatidagi barcha Oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchi va koordinatorlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. 
     Tadbirni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, bunday tadbirlar talaba-yoshlarni sog'lom bo'lishi, bilim olishi va tajriba oshirishida katta o'ringa ega ekanligini ta'kidladi. 
"Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marаfoni bilan boshlangan tadbirlar "Munozara", "Zakovat" bellashuvi, seminar-treninglar va turli sport o'yinlari hamda talabalarning chiqishlari, konsert dasturlari bilan davom etdi. Tadbir davomida  "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yoshlar bog'i" tashkil etildi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etib, turli bellashuvlardan o'rin egallagan talabalar munosib taqdirlandi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar