logo
Loading

Yangiliklar

Uchrashuv

Dekabr 12, 2023 / Ko'rildi 717

⚡️SamDU Urgut filialida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida "Yoshlar ekstremizmga qarashi" mavzusida talaba-yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi...

Uchrashuvni  Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari  Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Uchrashuvda  filial talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Urgut tumani bosh mutaxassisi Javlon Haydarov, Urgut tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo'limi xodimlari hamda profilaktika inspektorlar ishtirok etdi.  

   Uchrashuvda so'z olganlar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, yoshlarni terrorizm, ekstremizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri va samarali foydalanish, har xil taqiqlangan sait va kanallarga bilib-bilmay a'zo bo'lib, aybdor bo'lib qolmaslik haqida tegishli tavsiyalar berildi.
      
      Uchrashuv so'ngida "Mehr-5" hujjatli videofilmi namoyish etildi.

So'nggi yangiliklar