logo
Loading

Yangiliklar

Yong'in xavfsizligi oyligi

Dekabr 11, 2023 / Ko'rildi 478

Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublika hududida o'tkazilayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" munosabati bilan SamDU Urgut filialida tadbir o'tkazildi

Tadbirda o‘quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Shavkat Berdiyev, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar hayot faoliyati xavfsizligi o'quv markazi boshlig'i, podpolkovnik M.Djaniev hamda mas'ul xodimlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda so'z olganlar tomonidan kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanishni oldini olish, yong'in xafsizligi qoidalariga rioya qilish, pech va dudbo'ronlardan ehtiyot bo'lish kabi kerakli ma'lumotlar slaydlar asosida tushuntirib berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Tadbir ishtirokchilariga bunday ko'ngilsiz holatlarni oldini olish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar qisqacha berilgan tarqatma materiallar tarqatildi.

So'nggi yangiliklar