Заведующий кафедрой
Мардиев Бегали Худойқул ўғли
- Дни приёма: Ежедневно (08:30-16:00)
- Телефон: +99897 575-15-71
- Электронная почта: mardiyev_begali@samduuf.uz
Биография
- 2005-2009 гг. - Студент Самаркандского государственного института иностранных языков
- 2009-2011 гг. – Учитель школы № 62 Кушрабадского района
- 2011-2013 гг. - Магистр Самаркандского государственного института иностранных языков, преподаватель Академического лицея №1 при Самаркандском государственном университете
- 2014-2015 гг. – Преподаватель кафедры романо-германских языков Самаркандского государственного университета
- 2015-2017 гг. - Преподаватель межфакультетской кафедры немецкого, французского и русского языков Самаркандского государственного университета
- 2017-2022 гг. - Преподаватель кафедры романо-германских языков Самаркандского государственного университета
- 2022- 2022 гг. - Доцент кафедры романо-германских языков Самаркандского государственного университета
- С 2022 г. - Заведуюший кафедрой дошкольного образования и педагогики Ургутского филиала Самаркандского огосударственного университета имени Шарофа Рашидова
ОБЯЗАННОСТИ ЗАВЕДУЮЩЕГО КАФЕДРОЙ:
СОТРУДНИКИ ОТДЕЛЕНИЯ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКА
![]() |
Babakulov Ismail Turkmanovich Ismail Babakulov - filologiya fanlari doktori, professor. Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 200 ta ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda – 24 ta, respublika ilmiy nashrlarida – 43, OAK nashrlarda – 33 ta maqolalari chop ettirilgan. 3 ta darslik, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy tavsiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma nashr ettirgan. Xorijiy konferensiyalarda –36 ta, respublika konfrensiyalarida 56 ta ishtiroki mavjud. Xalqaro rus tili va adabiyotini o’qitish assotsiatsiyasi XRTAUA ( МАПРЯЛ ) a’zosi. |
![]() |
Yuldashev Musa Muxammatovich Filologiya fanlari nomzodi, professor. Samarqand davlat universiteti Urgut filialida faoliyat yuritib keladi. “Izhorli gap sinonimlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 darslik, 35 ta oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Shu kunga qadar 150 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Afrika va Polsha kabi davlatlarning xalqaro ilmiy nashrlari hamda respublika jurnallarida chop etilgan.
|
![]() |
Asrorov Akbar Abulxayovich Akbar Asrorov – Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1993-yilda “Oʻzbek va tojik hajviyotida janriy shakllarning rangbarangligi (XVIII asr oxiri - XIX asr) mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida jami 60 ta ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya, OAK nashrlarda – 12 ta, respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda – 42 ta maqola va tezislari chop etilgan. |
![]() |
Mamasoliyev Ilham Ubaydullayevich ilhammamasoliyev@gmail.com Ilham Mamasoliyev – filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasida 2023-yildan faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi.Xorijiy ilmiy nashrlarda – 20 ta, respublika ilmiy nashrlarda – 40, OAK jurnallarida – 30 dan ziyod maqolalar chop etilgan. 2 monografiya, 3 o’quv qo’llanma, 8ta uslubiy qo’llanma nashr etilgan.Xorijiy konferensiyalarda 30 marotaba ishtirok etgan.Xalqaro rus tili va adabiyoti o’qituvchilarining assosiatsiyasi (MAPRYAL) a’zosi. |
![]() |
MASHENKOVA IRINA OLEGOVNA vladimirmuseum@rambler.ru Irina Mashenkova – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasida 2023-yilidan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Sergey Yesenin va adabiy hayoti 1920-1970” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 41 ta ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 1 ta Scopus bazasidagi ilmiy jurnalda, 2 ta monografiya, 30 ta xorijiy konferensiyalarda maqola va tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
Sanaqulov Ulugʻbek Kuchkarovich ulugbeksanakulov@gmail.com Ulug'bek Sanaqulov - 2023-yildan Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). 2024-yilda “Alisher Navoiy she'riyatida Layli va Majnun timsollari talqini” mavzusida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Ulugʻbek Sanaqulov faoliyati davomida 1 ta monografiya (hammualliflik) muallifi. Shuningdek, OAK jurnalari, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar e'lon qilgan. |
![]() |
Bahriyeva Shahnoza Davronovna Shahnoza Bahriyeva - 2022-yildan Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shahnoza Bahriyeva faoliyati davomida 1 ta oʻquv qo’llanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta uslubiy koʻrsatma, 16 ta respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqola va tezislar chop ettirgan. |
![]() |
Sharipova Laylo Mehrojiddinovna sharipovalaylo35@gmail.com Laylo Sharipova - Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 24 ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 4 ta uslubiy qo`llanma, 2 ta xorijiy ilmiy nashrlarda, 9 ta xalqaro konferensiyalarda, 4 ta respublika ilmiy nashrlarida, 5 ta OAK ro’yxatidagi jurnallarda maqola va tezislari chop etilgan. Laylo Sharipova 2024-yil 20-maydan 5-iyulgacha Kozmi Minina nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetida “Развитие профессиональных компетенций преподавателя в условиях современных вызовов” nomli 144 soat malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tadi. |
![]() |
Nuraliyev G‘olibjon Qurbonboyevich golibjon.nuraliyev77@gmail.com G‘olibjon Nuraliyev – Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti lavozimida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 13 ta ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 2 ta monografiya, 3 ta OAK nashrlarida, respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda – 8 ta maqola va tezislari chop etilgan. Hozirgi kunda SamDU mustaqil tadqiqotchisi sifatida 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Tog‘ay Murod asarlarida taqlid so‘zlarning semantik-funksional xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. |
![]() |
Yakubova Safiya Hamdamovna safiyayakubova1231@gmail.com Safiya Yakubova - 2022-yildan boshlab Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 3 ta uslubiy qo'llanma 1 ta monografiya 7 ta OAK bazasidagi, 7 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda, 5 ta respublika ilmiy anjumanlarida maqolalari chop etilgan. Hozirgi kunda SamDU mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. |
![]() |
lslomova Odina Orifjon qizi Odina lslomova - 2024-yil 5-sentabrdan Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi sifatoda faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 2 ta tezis va 1 ta maqolalari chop etilgan. |
![]() |
Hamrayev Ilg‘or Aktamovich ilgarhamrayevi@gmail/com Ilg‘or Hamrayev - 2024-yil 5-sentabrdan Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi sifatoda faoliyat yuritib kelmoqda. Mug’la Sitqi Kochman Universiteti tadqiqotchisi (Turkiya). Ilg’or Hamrayev faoliyati davomida xalqaro ilmiy tadqiqot konferensiyada 1-ta (Turkiya), xalqaro konferensiyalarda 2 ta maqola e’lon qilgan. |
![]() |
Urokov Xasan Ulmasovich Xasan Urokov – 2024-yildan Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 14 ta ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy jurnallarda – 5, respublika ilmiy jurnallarida – 3, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda – 2 ta maqolalari chop ettirilgan. Xorijiy va respublika konferensiyalarida – 4 ta maqola bilan ishtirok etgan. Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi sifatida “O‘zbek ijtimoiy tarmoqlaridagi publitsistik matnlarning leksik-semantik va stilistik xususiyatlari (“Kun.uz”, “Daryo.uz”, “Uz24.uz”, “Anhor.uz”, “Xabar.uz” internet nashrlari materiallari misolida)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. |
![]() |
Xamidova Umida Odilxonovna Xamidovaumidaxon06@gmail.com Umida Xamidova – 2024-yildan Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 20 ta ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda – 10, respublika ilmiy nashrlarda – 8, xorijiy konferensiyaladagi – 2 ishtiroki mavjud. |
![]() |
SAYFULLAYEV XURSHID JAMOLXONOVICH sayfullayevxurshid88@gmail.com Xurshid Sayfullayev – 2022-yildan Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 15 ta ilmiy ishlar va hammualliflikda №DGU16233 “Ingliz tilida so’z yasovchi morfemalarning inglizcha-o’zbekcha lug’ati” dasturiy majmuasi muallifidir. Xorijiy ilmiy jurnallarda – 1, respublika ilmiy jurnallarida – 2, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda – 5 ta maqolalari chop ettirilgan. Xorijiy va respublika konferensiyalarida – 7 ta maqola va tezislar bilan ishtirok etgan. Bugungi kunda erkin tadqiqodchi sifatida “Ingliz va o’zbek tillarida somatik frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. |














