logo
Loading

Kafedra mudiri

Mardiyev Begali Xudoyqul oʻgʻli

  • Qabul vaqti: Har kuni (8:30 -16:00)
  • Telefon: +99897 575-15-71
  • Elektron pochta: mardiyev_begali@samduuf.uz

MEHNAT FAOLIYATI

2005-2009 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

2009-2011 yy. - Qo‘shrabot tumani 62-maktab o‘qituvchisi

2011-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey o‘qituvchisi

2014-2015 yy. -  Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi o‘qituvchisi

2015-2017 yy. -  Samarqand davlat universiteti fakultetlararo nemis,fransuz va rus tili kafedrasi o‘qituvchisi

2017-2022 yy. -  Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi o‘qituvchisi

2022- 2022 yy. - Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi dotsenti

2022y. - h.v.   -   Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi mudiri

   Begali Mardiyev filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 2022-yilning 5-sentabrdan  hozirgi kunga qadar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

   Begali Mardiyev 2021-yilda “O‘zbek tilida izhor gapli qurilmalarning funksional-semantik tahlili” mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.  Faoliyati davomida 40 ga yaqin  ilmiy ishlari nashr etilgan. Xususan, 1 ta Scopus bazasidagi ilmiy jurnalda, 1 ta monorafiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o’quv-uslubiy qo‘llanma,  2 ta xorijiy  ilmiy jurnallarda, 14  ta respublikamizdagi ilmiy jurnallarda, 18 xorijiy va  respublikamiz konferensiyalarida ilmiy ishlari chop etgan.

   Begali Mardiyev 2024-yil 20-maydan 5-iyulgacha Kozmi Minina nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetida “Развитие профессиональных компетенций преподавателя в условиях современных вызовов” nomli 144 soat malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tadi.

KAFEDRA MUDIRI LAVOZIM VAZIFALARI:


             TILLARNI O'QITISH METODIKASI KAFEDRA A'ZOLARI

 

Babakulov Ismail Turkmanovich

 ismailbabakulov63@gmail.com

  Ismail Babakulov - filologiya fanlari doktori, professor. Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 200 ta ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda – 24 ta, respublika ilmiy nashrlarida – 43, OAK nashrlarda – 33 ta maqolalari chop ettirilgan. 3 ta darslik, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy tavsiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma nashr ettirgan. Xorijiy konferensiyalarda –36 ta, respublika konfrensiyalarida 56 ta ishtiroki mavjud. Xalqaro rus tili va adabiyotini o’qitish assotsiatsiyasi XRTAUA ( МАПРЯЛ ) a’zosi.


Asrorov Akbar Abulxayovich

asrorovakbar@gmail.com

      Akbar Asrorov  Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

1993-yilda “Oʻzbek va tojik hajviyotida janriy shakllarning rangbarangligi (XVIII asr oxiri - XIX asr) mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan.

      Faoliyati davomida jami 60 ta ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya,   OAK nashrlarda – 12 ta,   respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda – 42 ta maqola va tezislari chop etilgan.


Mamasoliyev Ilham Ubaydullayevich

ilhammamasoliyev@gmail.com

   Ilham Mamasoliyev – filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tillarni o’qitish  metodikasi kafedrasida 2023-yildan faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi.Xorijiy ilmiy nashrlarda – 20 ta, respublika ilmiy nashrlarda – 40, OAK jurnallarida – 30 dan ziyod maqolalar chop etilgan. 2 monografiya, 3 o’quv qo’llanma, 8ta uslubiy qo’llanma nashr etilgan.Xorijiy konferensiyalarda 30 marotaba ishtirok etgan.Xalqaro rus tili va adabiyoti o’qituvchilarining assosiatsiyasi (MAPRYAL) a’zosi.


MASHENKOVA IRINA OLEGOVNA

vladimirmuseum@rambler.ru

   Irina Mashenkova – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasida 2023-yilidan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Sergey Yesenin va adabiy hayoti 1920-1970” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

   Faoliyati davomida 41 ta ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 1 ta Scopus bazasidagi ilmiy jurnalda, 2 ta monografiya, 30 ta xorijiy konferensiyalarda maqola va tezislari bilan ishtirok etgan.


Sanaqulov Ulugʻbek Kuchkarovich

ulugbeksanakulov@gmail.com

  Ulug'bek Sanaqulov - 2023-yildan Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).  2024-yilda “Alisher Navoiy she'riyatida Layli va Majnun timsollari talqini” mavzusida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Ulugʻbek Sanaqulov faoliyati davomida 1 ta monografiya (hammualliflik) muallifi. Shuningdek,  OAK jurnalari, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda 20 ga yaqin  ilmiy maqola va tezislar e'lon qilgan.



Bahriyeva Shahnoza Davronovna

 bahrievashahnoza17@gmail.com

   Shahnoza Bahriyeva - 2022-yildan Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 

    Shahnoza Bahriyeva faoliyati davomida 1 ta oʻquv qo’llanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta uslubiy koʻrsatma,  16 ta  respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqola va tezislar chop ettirgan.       


Sharipova Laylo Mehrojiddinovna

sharipovalaylo35@gmail.com

   Laylo Sharipova - Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 24 ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 4 ta uslubiy qo`llanma, 2 ta xorijiy ilmiy nashrlarda, 9 ta xalqaro konferensiyalarda, 4 ta respublika ilmiy nashrlarida, 5 ta OAK ro’yxatidagi jurnallarda maqola va tezislari chop etilgan.

  Laylo Sharipova  2024-yil 20-maydan 5-iyulgacha Kozmi Minina nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetida “Развитие профессиональных компетенций преподавателя в условиях современных вызовов” nomli 144 soat malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tadi.         


Yakubova Safiya Hamdamovna

safiyayakubova1231@gmail.com

   Safiya Yakubova - 2022-yildan boshlab Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi  assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 3 ta uslubiy qo'llanma 1 ta monografiya 7 ta OAK bazasidagi, 7 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda, 5 ta respublika ilmiy anjumanlarida maqolalari chop etilgan.

  Hozirgi kunda SamDU mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 


lslomova Odina Orifjon qizi

islomovaodina38@gmail.com

    Odina lslomova - 2024-yil 5-sentabrdan Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi sifatoda faoliyat yuritib kelmoqda.  Faoliyati davomida 2 ta tezis va 1 ta maqolalari chop etilgan.


Hamrayev Ilg‘or Aktamovich

ilgarhamrayevi@gmail/com

  Ilg‘or Hamrayev - 2024-yil 5-sentabrdan Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi sifatoda faoliyat yuritib kelmoqda. Mug’la Sitqi Kochman Universiteti tadqiqotchisi (Turkiya).

   Ilg’or Hamrayev faoliyati davomida xalqaro ilmiy tadqiqot konferensiyada 1-ta (Turkiya), xalqaro konferensiyalarda 2 ta maqola e’lon qilgan.


Xamidova Umida Odilxonovna

Xamidovaumidaxon06@gmail.com

   Umida Xamidova – 2024-yildan Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 20 ta ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda – 10, respublika ilmiy nashrlarda – 8, xorijiy konferensiyaladagi – 2 ishtiroki mavjud.


SAYFULLAYEV XURSHID JAMOLXONOVICH

 sayfullayevxurshid88@gmail.com

    Xurshid Sayfullayev – 2022-yildan Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 15 ta ilmiy ishlar va hammualliflikda DGU16233 “Ingliz tilida so’z yasovchi morfemalarning inglizcha-o’zbekcha lug’ati” dasturiy majmuasi muallifidir. Xorijiy ilmiy jurnallarda – 1, respublika ilmiy jurnallarida – 2, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda – 5 ta maqolalari chop ettirilgan. Xorijiy va respublika konferensiyalarida – 7 ta maqola va tezislar bilan ishtirok etgan. Bugungi kunda erkin tadqiqodchi sifatida “Ingliz va o’zbek  tillarida somatik frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. 


TOSHNIYOZOV FARRUX OYBEK O‘G‘LI

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Tillarni o‘qitish metodikasi    kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. 2025-yildan buyon ushbu kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 


ARALOV SHOXRUX PO‘LOT O‘G‘LI

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. 2025-yildan buyon ushbu kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


 

 

So'nggi yangiliklar