logo
Loading

Yangiliklar

Profilaktika tadbiri

Fevral 06, 2024 / Ko'rildi 408

     SamDU Urgut filialida  “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishining oldini olish” profilaktika oyligi doirasida "Har xil jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish profilaktikasi" tadbiri tashkil etildi...

     Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib tadbir ishtirokchilarini talabalarga tanishtirdi. Tadbirda direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Urgut tuman milliy gvardiya katta inspektori, mayor Ravshan Jo'rayevlar tomonidan talaba-yoshlarni barcha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni asosiy omili bo'lgan giyohvandlik, firibgarlik va kiberjinoyat kabi salbiy holatlardan ogoh bo'lish va bunday illatlardan uzoq bo'lishga da'vat etildi va mazkur salbiy illatlar va ularning og'ir oqibatlari haqida talabalarga ma'lumotlar berildi.

 

So'nggi yangiliklar