logo
Loading

Yangiliklar

Monografiya: "O‘rta Zarafshon havzasini rekreatsiya-turistik resurslari, ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbol

Fevral 28, 2024 / Ko'rildi 306

    Monografiya: "O‘rta Zarafshon havzasini rekreatsiya-turistik resurslari, ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbollari"

    Samarqand davlat universiteti professori Subxon Abbasov, SamDU Urgut filiali direktori, geografiya fanlari doktori Quvondiq Yarashev hamda pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani, dotsent O'tkir Badalovning shu nomdagi monografiyasi nashr etildi.

    Monografiya O‘rta Zarafshon havzasini rekreatsiya-turistik resurslari, ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbollariga bag‘ishlangan. Unda rekreatsiya geografiyasining nazariy va amaliy asoslari, O‘rta Zarafshon havzasining rekreatsiya resurslari va ulardan foydalanishning hozirgi holati, rekreatsiya resurslardan samarali foydalanishning geografik asoslari va istiqbollarinining ilmiy va amaliy ahamiyati batafsil yoritilgan. Shuningdek, monografiyada havzaning rekreatsiya va turistik resurslarini kartalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
   Monografiyada mutaxassis geograflar, bakalavrlar, magistrantlar, doktorantlar, ekologlar, ilmiy tadqiqotchilar, rekreatsiya va turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar foydalanish mumkin.

 

So'nggi yangiliklar