logo
Loading

Yangiliklar

"Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida  "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarashi kurash" mavzusida talaba-yoshlar bilan ma'na

Fevral 10, 2024 / Ko'rildi 414

     SamDU Urgut filialida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida  "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarashi kurash" mavzusida talaba-yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi...

     Uchrashuvni  Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari  Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib berdi.
    Uchrashuvda so'z olgan filial talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Urgut tumani bosh mutaxassisi Javlon Haydarovlar tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib,  o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savolarga javob oldilar.

     Uchrashuv so'ngida "Mehr-5" hujjatli videofilmi namoyish etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar