logo
Loading

Yangiliklar

Italiyaning Kamerino universiteti professori Rosita Gabbioneli tashrif buyurdi

Fevral 22, 2024 / Ko'rildi 402

      SamDU Urgut filialiga Italiyaning Kamerino universiteti professori Rosita Gabbioneli tashrif buyurdi

     Tashrif avvalida filial direktori Quvondiq Yarashev hamda Rosita Gabbioneli o’zaro hamkorlik masalalari yuzasidan suhbat o'tkazishdi. Tashrif davomida professor Rosita Gabbioneli va filial talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov kirish so'zi bilan ochib berdi.  Professor  Rozita Gabbianelli talabalarga o’zining ilmiy faoliyati, O’zbekistonga tashrifidan ko'zlangan maqsad, Kamerino universitetda xorijlik talabalar uchun yaratilgan qulayliklar to’g’risida ma'lumot berdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv ochiq suhbat tarzida, ko’tarinki ruhda o’tdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar